Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston — Gruziya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

By Muxtasar_Qodirova - 8-Aprel, 2025-yil 23:47 306 Koʻrishlar 0 Izoh

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov bir qator davlatlarning parlament vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Uchrashuv va muloqotlarda parlamentlararo hamkorlik aloqalarining istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Jumladan, Gruziya Parlamenti Spikeri Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvda O‘zbekiston — Gruziya hamkorligi barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, biznes, turizm va logistika sohalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani e’tirof etildi. 



Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston — Gruziya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo Ittifoqning yubiley assambleyasi ishida Gruziya delegatsiyasining ishtiroki parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish holati va ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim platforma vazifasini bajarayotgani qayd etildi.



Sh.Papuashvili o‘z navbatida, so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvozanatli, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat, keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini alohida e’tirof etib, amaliy ruhdagi uchrashuvlarni izchil davom ettirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash ikki tomon manfaatlariga birdek xizmat qilishini ta’kidladi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring