Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ispaniyadan munosabat: O'zbekiston qanday qilib dadil va izchil olg'a borishning namunasini ko'rsatmoqda, ushbu tajriba o'rganish va hurmatga loyiq

By Farangiz_Amirkulova - 8-Aprel, 2025-yil 9:58 377 Koʻrishlar 0 Izoh

San-Pablo universiteti Ijtimoiy tadqiqotlar instituti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha ekspert Antonio Alonso (Ispaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasining ochilishidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi ochilishidagi nutqi bilan tanishib chiqdim.


O'zbekistonning keyingi yillarda erishgan keng ko'lamli yutuqlari menda, ayniqsa, katta taassurot qoldirdi. Qisqa vaqt ichida mamlakatda parlament rolini kuchaytirishga qaratilgan 20 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu demokratlashtirish va barqaror rivojlanish yo'lidagi haqiqiy qadamdir.


E'tiborlisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senat vakolatlari esa 14 tadan 18 taga oshirildi. Parlament institutsional salohiyatining bunday sezilarli darajada kengayayotgani yuksak e'tirofga sazovordir.


O'zbekiston parlamentida ayollarning ulushi 38 foizga yetganini e'tirof etmaslikning iloji yo'q. Mazkur raqamlar jahondagi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqoridir. Bu gender tengligini ta'minlash borasidagi siyosiy irodaning yorqin dalilidir.


Yoshlar parlamentlarining global platformasini yaratish va uning ta'sis forumini O'zbekistonda o'tkazish taklifi juda muhim. Ayniqsa, 2021-yildan boshlab mamlakatda yoshlar parlamenti muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani yoshlarning qonun ijodkorligida ishtirok etishi uchun real imkoniyatlar ochayotgani ham ramziy ma'noga ega.


O'zbekistonning xalqaro maydondagi hissasini ham ta'kidlamoqchiman. O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining "Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning roli" rezolyutsiyasining bir ovozdan qabul qilingani faol va mas'uliyatli pozitsiyaning yana bir tasdig'idir.


Zamonaviy dunyo turli chaqiruvlar, jumladan kambag'allik, iqlim o'zgarishi, sun'iy intellekt kabi katta muammolarga duch kelmoqda. Men Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan sun'iy intellektdan foydalanish etikasi bo'yicha qonunchilik bazasini yaratish zarurligi haqidagi taklifni to'liq qo'llab-quvvatlayman.


Umuman olganda, O'zbekiston dadil va izchil olg'a borish borasida namuna ko'rsatmoqda. Ushbu tajriba o'rganish va hurmatga loyiqdir.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring