O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi tizimida 2025-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora tadbirlar dasturida "Rahbar va yoshlar uchrashuvlari"ni tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasida Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab Qo'mita raisi K.Sariyevning milliy madaniy markazlar yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" davomida Qo'mita raisi K.Sariyev mamlakatimizda so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish, bandligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Uchrashuv yoshlar va ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.
Tadbir so'ngida Qo'mita raisi K.Sariyev tomonidan yoshlar yetakchisi Z.Mahmudovaga hamda milliy madaniy markazlar faol yoshlariga esdalik sovg'alari topshirildi.
0 Izoh