Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Gunesh” turkman folklor jamoasi

By Muxtasar_Qodirova - 26-Mart, 2025-yil 12:01 924 Koʻrishlar 0 Izoh

Respublika turkman milliy madaniy markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi qoshida “Gunesh” turkman  folklor jamosi faoliyat yuritadi. Mazkur jamoa tomonidan yangrayotgan kuy va qo‘shiqlar bayram va sayllarda ijro etilib, мuxlislar e’tirofiga sazovor bo’lmoqda. Bu esa ushbu san’at namunalarining umrboqiyligini taʼminlashda muhim o‘rin tutmoqda.




“Gunesh” turkman folklor jamoasi turkman xalqining boy madaniy merosini targ‘ib qilish, milliy qo‘shiq va raqs sanʼatini keng ommaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda folklor  jamoa tarkibida 20 dan ziyod havaskor qo‘shiqchilar,  raqqosalar va  musiqachilar faoliyat olib bormoqda. Ular o‘z chiqishlarida asrlar davomida saqlanib kelayotgan turkman qo‘shiqlari, raqslari va anʼanaviy musiqiy asboblar ijrosini namoyish etmoqdalar.




Folklor jamoamiz nafaqat  Qarshi shahrida, balki viloyat va respublika miqyosidagi turli madaniy tadbirlarda ishtirok etib, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. – deydi. “Gunesh” turkman folklor jamoasi rahbari Tozagul  Andayeva.


“Gunesh” Folklor jamoasi  o‘zining jonli ijrosi, rang-barang milliy liboslari va folklor chiqishlari bilan ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan.


Mazkur jamoaga berilgan e’tibor  O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarga berilgan yuksak eʼtiborning yorqin namunasidir. “Gunesh” nafaqat turkman madaniyati va sanʼatini saqlashga, balki uni boshqa millat vakillariga tanitishga ham xizmat qilmoqda. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Turkman madaniyat markazi va uning qoshidagi “Gunesh” folklor  jamoasi yurtimizdagi madaniy xilma-xillik va millatlararo do‘stlik ramziga aylanib ulgurgan.

Мuallif:   М. Qodirova

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring