Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Arizona davlat universitetida Navro‘z bayrami nishonlandi

By Muxtasar_Qodirova - 24-Mart, 2025-yil 21:40 835 Koʻrishlar 0 Izoh

AQSHning Arizona davlat universitetida tahsil olayotgan va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlaridan tashkil topgan “O‘zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi” Qozog‘iston, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari talabalari tashkilotlari bilan hamkorlikda Navro‘z bayramini nishonlashdi.

Bayramda universitetning 300 nafardan ortiq talabasi va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, O‘zbekiston madaniyatiga oid taqdimotlarni tomosha qildi, milliy taomlardan bahramand bo‘lishdi.



Shuningdek, tadbir doirasida shaxmat, arqon tortish, stol tennisi kabi qiziqarli musobaqalar va o‘zbekona milliy o‘yinlar tashkil etildi. Mehmonlar o‘zbekona mehmondo‘stlikni, urf-odatlar va an’analarni e’tirof etdi.

Ishtirokchilarga esdalik sifatida qurt, pista, bodom hamda O‘zbekiston madaniyatiga oid kitoblar sovg‘a qilindi.

"El-yurt umidi” jamg‘armasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  bu kabi tadbirlar nafaqat o‘zbekistonlik talabalarni birlashtiradi, balki yurtimizning boy madaniyati va an’analarini butun dunyoga keng targ‘ib etish imkonini yaratadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring