Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Kuvaytlik kinoijodkorlar Qo‘qonda film oladi

By Muxtasar_Qodirova - 18-Mart, 2025-yil 1:43 606 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi ochiqligi turizm, madaniyat, kino sohalarida ham samara bera boshladi.

Farg‘ona viloyat va Qo‘qon shahar hokimliklarida Kuvaytning “Ebla international” kompaniyasi rahbari Xilal Arnaut boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Unda “Mamluklar tarixi”ga oid 30 qismli kinofilmning ayrim qismlarini Qo‘qon shahrida tasvirga olish masalasi muhokama mavzusi bo‘ldi.

Uchrashuvda, ayniqsa, Qo‘qonning turizm salohiyatini jahon bo‘ylab tanitish, shaharning tarixiy va madaniy boyliklarini ko‘rsatish borasidagi imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi. “Mamluklar tarixi” kinofilmining bu yerda tasvirga olinadigan bir qismi Qo‘qonning go‘zal arxitekturasi, qadimiy obidalari va madaniy merosini dunyo jamoatchiligiga tanitish uchun ajoyib platforma bo‘lishi kutilmoqda.

– Kinofilmning Qo‘qon shahrida tasvirga olinishi shaharning global turizm xaritasidagi o‘rnini mustahkamlashga ham yordam beradi, – dedi viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov.

– Biz Farg‘ona viloyati hududidagi tabiat, tog‘ va daryolar tarixiy obidalariga uyg‘un bo‘lib, Mamluklar davriga oid manzarani qayta tiklashga qulayligini kuzatdik. Bundan tashqari, ekranda jozibador siymo yarata oladigan mahalliy aktyorlarni ham jalb etamiz, – deydi Xilal Arnaut.

“Mamluklar tarixi” filmi shu yilning yozida tasvirga tushira boshlanadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring