Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Navro'z bayrami munosabati bilan Tehrondagi "Ozodi" minorasi O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi

By Muxtasar_Qodirova - 17-Mart, 2025-yil 23:42 553 Koʻrishlar 0 Izoh

Eron poytaxtidagi "Ozodi" maydonida Navro'z bayrami keng nishonlandi. 


Ushbu tadbirda Eron madaniyat vaziri Seyed Abbas Salehi Shariati, madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Muhammadreza Solehi Amiri, tashqi ishlar vaziri Seyed Abbos Arog'chi, vazirlik va idoralarning mas'ullari, Tehronda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, xususan O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev ishtirok etishdi.


Quvonarlisi, Tehron ramzi bo'lgan – "Ozodi" minorasi O'zbekiston bayrog'i ranglariga burkandi va o'zbek tilida "Navro'z muborak bo'lsin" qutlov so'zlari namoyish etildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring