Muzokara chog‘ida MOXI direktori ikki institut ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab umumiy nuqtalar mavjudligi, ayni holat qo‘shma loyiha va tashabbuslar uchun keng imkoniyat ochishini ta’kidladi.
Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi” sammitini ilmiy-ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Birgalikda ilmiy ish, ekspert forumlari va munozarali davra suhbatlari tashkil etish orqali hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Voysex Kononchuk mintaqaning global siyosiy-iqtisodiy jarayondagi o‘rni ortib borishi asnosida Polsha tahliliy doiralarining Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiziqishi ortayotganini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat hamkorlarning muloqotni davom ettirish, sheriklikni ikki va ko‘p tomonlama shaklda kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.
0 Izoh