Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Milliy qadriyatlar oyligi

By Muxtasar_Qodirova - 19-Fevral, 2025-yil 22:50 798 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi tegishli qaroriga asosan har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarining o‘tkazib borilishi belgilangan.

Ushbu oylik xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, xalq o‘yinlari yo‘nalishidagi ijro san’atini targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, bu loyiha go‘zal an’analar, tarix, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz kabi jihatlarni o‘zida mujassam etadi. 

Betakror an’analarimizning saqlab qolinishi, zamonga mos ravishda rivojlanishi, noyob namunalari keng targ‘ib qilinishi, asrab-avaylanishi va rivojlantirilishi yoshlarda milliy o‘zlik, qadimiy qadriyatlarimizga ehtirom tuyg‘ularini qaror toptirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

“Milliy qadriyatlar oyligi” rang-barang tadbirlar va xalq sayillarini o‘zida ifodalaydi. 

Bunda milliy liboslar targ‘iboti, xalq o‘yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo‘shiqchilik san’ati (o‘lan, lapar, xalq o‘yinlari, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo, raqs san’ati namunalari, milliy cholg‘uchilik san’ati, arqon tortish, dor o‘yinlari, tosh ko‘tarish kabi qadimiy o‘yinlarimiz, milliy kurash musobaqalariga keng o‘rin beriladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring