Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Turkiya elchisi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarga yuqori baho berdi

By Muxtasar_Qodirova - 6-Fevral, 2025-yil 22:49 931 Koʻrishlar 0 Izoh

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari tufayli Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda keng qamrovli strategik sheriklik mustahkamlangani alohida ta’kidlandi. 

O.Bekar O‘zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga yuqori baho berdi hamda o‘zining faoliyati davridagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokidan mamnun ekanini bildirdi. 

Suhbat davomida parlamentlararo aloqalarning ko‘lami kengaygani, do‘stlik guruhlari hamda hududlararo munosabatlarning faollashganiga ham to‘xtalib o‘tildi. 

Parlamentlararo muloqotni rivojlantirish savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring