Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Rishtonda kulolchilik muzeyi ochiladi

By Muxtasar_Qodirova - 29-Yanvar, 2025-yil 11:39 1,093 Koʻrishlar 0 Izoh

          RISHTONDA KULOLCHILIK MUZYEYI OCHILADI

 

“Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo‘lga quyish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi.

Muzey ashyolari va kollektsiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish, yoshlarni “ustoz-shogird” an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish muzeyning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Shuningdek, kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish ham mazkur hujjatdan o‘rin olgan.

Muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlangan bo‘lib, uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey kontseptsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

2025-yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to‘liq moslashtirilishi rejalashtirilgan.

 

 M.Qodirova

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring