O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
So'ng O'zbekiston Prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Tashrif doirasida O'zbekiston yetakchisi 25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
0 Izoh