Joriy
yilning 20 mart kuni Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali tahririyatining veb
sayti ishga tushdi.
www.uzbekjournal.uz veb saytida mamlakatimiz
hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tahririyat xodimlari tomonidan tayyorlangan maqolalar,
xabarlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirib boriladi.
Veb saytda
shuningdek qiziqarli foto materiallar, videorolik va boshqa qiziqarli ma’lumotlar
ham joylashtirib boriladi.
Asadbek
Bobojonov
"O‘zbekiston" jurnali bosh muharriri:
“Hukumatimizning
jurnalimizga qaratgan e’tibori natijasida nihoyat veb saytimiz ishlab chiqildi.
Endilikda saytimiz orqali foydalanuvchilar jurnalimiz xodimlari tomonidan
tayyorlangan qiziqarli maqolalarni o‘qish va yurtimiz hayotiga oid so‘nggi
yangiliklar bilan tanishib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Biz o‘z ustimizda
ishlab veb saytimizni rivojlantirish yo‘lida mehnat qilamiz. O‘ylaymanki,
saytimiz insonlarga manzur bo‘ladi.”
Eslatib
o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligidagi “O‘zbekiston”
jurnali ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat yuritib, har
chorakda – yiliga 4 marotaba chop etiladi. Adadi 1000 nusxa.
0 Izoh