Bag‘rikenglik haftaligi dasturlaridan o‘rin olgan "Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya "International Tashkent Hotel" mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari
qo’mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Xalqaro islom
akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada asosiy
e’tibor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dinlararo bag‘rikenglik borasidagi
islohotlarga qaratildi. Konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilovning
tabrik so‘zi bilan boshlandi.
Ilmiy-amaliy
anjumanda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Nashadiyning
videotabrigi qo‘yib berildi. So‘ngra Akmal Saidov, Vazirlar Mahkamasi raisi
o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sodiq
Toshboyev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik
aloqalari qo’mitasi raisi Rustambek Qurbonov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
rahbari Nuriddin Xoliqnazarov, Respublika koreys milliy madaniyati markazi
rahbari Viktor Paklar so‘zga chiqishdi. Notiqlar mamlakatimizda din va e’tiqod
erkinligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirib
kelinayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Konferensiyada
milliy madaniy markazlarning vakillari, keng jamoatchilik ham o‘z ma’ruzalari
bilan faol ishtirok etib, respublika hududida 16 ta diniy konfessiyalarga
mansub 130 dan ziyod millat va elatlar tinch-totuvlikda yashayotganliklarini
alohida urg‘uladilar. Shu
bilan konferensiya o‘z ishini tugalladi.
H.Mamatov,
bosh
muharrir o‘rinbosari
0 Izoh