O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Bag‘rikenglik haftaligi dasturlaridan o‘rin olgan "Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi.
Tadbirning ochilish marosimida Millatlararo
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi
o‘rinbosari Azamat Toshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari
Salim Ashur, shoira Lola Yunus qizi va milliy madaniy markazlarning vakillari
so‘zga chiqib, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash mamlakatimizning
millatlararo munosabatlar sohasidagi kontseptsiyasining ustuvor vazifasi ekani,
bu yo‘lda ulkan ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar.
Tadbirda
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari
qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, shuningdek, milliy madaniy
markazlarning vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar,
keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Kitoblar
ko‘rgazmasi davom etayapti. Ko‘rgazmada turli millat vakillarining qalamiga
mansub 300 dan ziyod kitoblar namoyish etilmoqda.
O. Dushaev, maxsus muxbir
0 Izoh