Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xitoydan munosabat: O'zbekiston "yashil" rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning eng muvaffaqiyatli va faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi

By Farangiz_Amirkulova - 15-Noyabr, 2024-yil 14:44 757 Koʻrishlar 0 Izoh

Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi Shanxay chet tillar universiteti professori Yan Chen "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining Bokuda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi: 

– Ozarbayjon poytaxtida bo'lib o'tayotgan BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konvensiyasi (COR29) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi Jahon yetakchilari sammitining dolzarbligi va yuksak ahamiyati uning ishtirokchilarining ko'lami shuningdek, global iqlim muammolarining yanada yomonlashuvining oldini olishga bag'ishlangan kun tartibi uning darajasidan dalolat beradi. Yalpi majlisda 200 ga yaqin delegatsiyalar, jumladan, davlat rahbarlari, hukumat vakillari, vazirlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ilmiy hamjamiyat vakillari qatnashdi.


O'zbekiston zamonaviy iqlim muammolariga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga muhim hissa qo'shmoqda. Mamlakat bugungi kunda BMT homiyligidagi Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasi orqali iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va ekotizimlarni tiklash bo'yicha xalqaro tashabbuslarda yetakchi o'rinni egallab turibdi.


O'zbekiston, shuningdek, Parij kelishuvining global maqsadlariga sodiqdir. Respublikada uglerod neytralligiga erishish uchun keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yildagi darajadan 35 foizga kamaytirish majburiyatini olgan. Ayniqsa, O'zbekistonda "yashil" rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan jadal sa'y-harakatlarni alohida ta'kidlash joiz. Bu borada O'zbekiston yashil hududlarni kengaytirib, mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishda qo'shni davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda.


Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq tobora kuchayib borayotgan muammolar oldida O'zbekiston "yashil" rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning eng muvaffaqiyatli va faol ishtirokchilaridan biri bo'lib qolyapti. Shuningdek, respublika ushbu yo'nalishdagi xalqaro va mintaqaviy sa'y-harakatlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring