Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Prezidenti Rossiyaning "Sberbank"i bilan raqamli yechimlarni joriy etish bo'yicha hamkorlik samarali bo'layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi

By Farangiz_Amirkulova - 24-Oktabr, 2024-yil 11:30 1,026 Koʻrishlar 0 Izoh

Qozon shahrida o'tayotgan BRIKS global sammiti doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha "Sberbank" prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va ta'lim sohalarida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Toshkent shahrida raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar va muhandislar tayyorlashga ixtisoslashgan "Maktab 21" ta'lim muassasasining ikkinchi kampusi ish boshlaganidan mamnuniyat bildirildi.


Shuningdek, bank sektori va shahar infratuzilmasini boshqarishda samarali raqamli yechimlarni joriy etish bo'yicha muhim qo'shma loyihalar qayd etildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring