Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Prezidenti Tatariston Raisi bilan uchrashuvda ko'p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini ta'kidladi

By Farangiz_Amirkulova - 24-Oktabr, 2024-yil 11:13 1,051 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston hududlarining Tatariston bilan o'zaro manfaatli va ko'p qirrali hamkorligini yana-da kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.


So'nggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv o'zining amaliy natijalarini berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.


Faol muloqotlar va o'zaro tashriflarni davom ettirish, O'zbekiston hududida qo'shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring