O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Qozon shahridagi BRIKS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "Kazan Ekspo" xalqaro ko'rgazmalar markazida O'zbekiston yetakchisini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.
Marosimda bir qator mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Tadbirdan so'ng tantanali qabul marosimi o'tkazildi.
0 Izoh