Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Sunmun universiteti prezidenti Mun Song Ji: O'zbekistonlik talabalarning saylovlarda faol ishtiroki ularning o'z Vatani ravnaqi uchun amaliy hissa qo'shadi

By Farangiz_Amirkulova - 18-Oktabr, 2024-yil 11:24 938 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi bo'lib o'tishiga sanoqli kunlar qoldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

16-oktabrdan esa nafaqat O'zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham vatandoshlarimizning o'z konstitutsiyaviy huquqlaridan to'la foydalanishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.


Ana shunday jarayonlar Janubiy Koreyaning Asan shahrida joylashgan Sunmun universitetida ham tashkil etildi.


300 ga yaqin vatandoshlarimiz tahsil olayotgan ushbu ta'lim dargohida muddatidan oldin parlament saylovini o'tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.


– Joriy yil 27-oktabr kuni O'zbekistonda bo'lib o'tadigan parlament saylovlari mamlakatingiz fuqarolariga o'z huquqlaridan foydalangani holda, demokratik jarayonlarda ishtirok etish va mamlakat kelajagini belgilash imkonini beradi, – dedi Sunmun universiteti prezidenti Mun Song Ji. – Yoshlar har bir davlatning kelajagi va uning asosiy tayanchi hisoblanadi. Ularning saylovlarda ishtirok etishi demokratik jarayondagi faollikning belgisi bo'lib qolmay, balki ularni kelgusi yetakchilar sifatida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Biz universitetimizda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarning saylovlarda faol ishtirok etishini ko'rib, o'z Vatanining ravnaqi uchun amaliy hissa qo'shayotganliklaridan quvondik.


O'ylaymanki, O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi fuqarolarining saylov jarayonlarida faol ishtirok etishi mamlakatingizning demokratik taraqqiyoti va iqtisodiy yuksalishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi, ularning o'z Vataniga bo'lgan muhabbatini kuchaytiradi va O'zbekiston iqtisodiy rivojiga o'z hissasini qo'shishiga rag'batlantiradi. Bugungi kunda Sunmun universitetida 300 ga yaqin o'zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Men ikki marotaba O'zbekistonga tashrif buyurib, viloyat hokimlari va hukumat vakillari bilan uchrashib, samarali hamkorlik yo'llarini muhokama qilganman. Kelgusida Sunmun universiteti ham Janubiy Koreya va O'zbekiston hamkorligi taraqqiyoti yo'lida o'z hissasini qo'shishga tayyor.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring