O'zbekiston bosh konsuli Nodirjon Qosimov Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Sariya Saburskaya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O'zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari ta'minlash xususida fikr almashildi.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida Tatariston hududidagi hamyurtlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo'nalishida birgalikda ishlashga kelishib olindi.
0 Izoh