Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston va Bruney o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

By Farangiz_Amirkulova - 11-Oktabr, 2024-yil 10:00 995 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Bruneyning Malayziyadagi elchisi Mahmud Saidin bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, oliy ta'lim va fan sohalaridagi hamkorlikning rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


Bruney tomoniga respublikada turli jabhalarda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, investitsion muhitini va ziyorat turizmini jadal rivojlantirish, xorijiy sarmoyachilar, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.


Bruneydan Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashrif buyurayotgan turistlar soni oshib borayotgani mamnuniyat bilan ta'kidlandi. Shuningdek, oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, davlat oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillarining uchrashuv, o'zaro tashriflarini tashkil etish bo'yicha fikr almashildi.


Tadbir yakunida yuqoridagi masalalar bo'yicha hamda ikki mamlakat fuqarolarining o'zaro kelib-ketish rejimida qulayliklar yaratish maqsadida O'zbekiston va Bruney Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida konsullik maslahatlashuvlarini o'tkazish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring