Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi

By Farangiz_Amirkulova - 11-Oktabr, 2024-yil 9:51 1,174 Koʻrishlar 0 Izoh

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Asosiy tadbirlar 11-oktabr kuni bo'lib o'tadi.


O'zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog'iy tavalludining 300 yilligiga bag'ishlangan "Zamon va sivilizatsiyalarning o'zaro bog'liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so'zlaydi.


Davlatimiz rahbari tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o'tkazadi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring