Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Singapurlik taniqli blogerlar O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi

By Farangiz_Amirkulova - 27-Avgust, 2024-yil 9:41 1,078 Koʻrishlar 0 Izoh

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan singapurlik sayohatchi-bloger Sujimi Mohamad bilan birgalikda O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalari va agentliklari, yetakchi blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Taqdimot davomida O'zbekistonning betakror tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylari, tabiiy landshaftlari, mamlakatimiz ko'pmillatli xalqining boy an'analari, shuningdek, o'zbek oshxonasining ajoyib taomlari haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekistonda halol turizm tamoyillarini keng joriy qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizdagi masjid va madrasalar, tarixiy obidalar va zamonaviy mehmonxonalar to'g'risida ham so'zlab berildi.


Taqdimot yakunida yangi turpaketlarni ishlab chiqish va O'zbekistonni singapurlik sayohatchilar orasida yanada ommalashtirish maqsadida mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillari va mashhur blogerlar uchun mamlakatimiz bo'ylab media-tur tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring