Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Misr delegatsiyasi Samarqandda bo'lib o'tadigan Imom Moturidiy merosiga bag'ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etadi

By Muxtasar_Qodirova - 25 апреля 2025 г. 17:50 467 Просмотры 0 Комментарий

Joriy yilning 29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida "Moturidiylik – bag'rikenglik, moʻtadillik va ma'rifat ta'limoti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi.


O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur xalqaro tadbirda Misr vakillari faol ishtirok etadi.


Xususan, Misr vaqf ishlari vaziri Usoma al-Azhariy, Bosh muftiy Nazir Ayyod va Al-Azhar Ulamolar kengashi a'zosi Ali Jum'a Samarqand shahriga kelishi rejalashtirilgan.


 Misr  rasmiy vakillarining tashrifi yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzi oshib borayotgani, so'nggi yillarda O'zbekiston-Misr hamkorligi barcha sohalarda rivojlanayotgan bir davrda, ma'rifiy sohadagi o'zaro muloqot ham do'stona ruhda amalga oshirilayotganining yaqqol isbotidir.


Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar jamiyat taraqqiyoti va farovonligi, millatlararo va dinlararo o'zaro bag'rikenglik va totuvlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий