Joriy yilning 29-30-aprel kunlari Samarqand shahrida "Moturidiylik – bag'rikenglik, moʻtadillik va ma'rifat ta'limoti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi.
O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur xalqaro tadbirda Misr vakillari faol ishtirok etadi.
Xususan, Misr vaqf ishlari vaziri Usoma al-Azhariy, Bosh muftiy Nazir Ayyod va Al-Azhar Ulamolar kengashi a'zosi Ali Jum'a Samarqand shahriga kelishi rejalashtirilgan.
Misr rasmiy vakillarining tashrifi yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzi oshib borayotgani, so'nggi yillarda O'zbekiston-Misr hamkorligi barcha sohalarda rivojlanayotgan bir davrda, ma'rifiy sohadagi o'zaro muloqot ham do'stona ruhda amalga oshirilayotganining yaqqol isbotidir.
Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar jamiyat taraqqiyoti va farovonligi, millatlararo va dinlararo o'zaro bag'rikenglik va totuvlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
0 Comment