Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

FАOLLАR TАQDIRLАNDI

By admin - Nov. 15, 2024, 4:23 p.m. 753 Views 0 Comment

Bagʼrikenglik haftaligi dasturlaridan oʼrin olgan navbatdagi tadbir "WYNDHAM" mehmonxonasida boʼlib oʼtdi. Tadbirda oʼnlab hamyurtlarimiz Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etilgan "Diniy bagʼrikenglik" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Maʼlumki, ushbu mukofot bagʼrikenglik va dinlararo totuvlikni targʼib etishdagi alohida xizmatlari uchun faollarga berib kelinmoqda.


Taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʼmitasi raisi Sodiq Toshboev taqdirlanganlarni samimiy qutlar ekan, bagʼrikenglik va hamjihatlikni targʼib qilishdagi faol faoliyati uchun hamyurtlarimizga oʼz minnatdorchiligini bildirdi va koʼkrak nishonlarini taqdirlanganlarga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda soʼz olgan mukofot sohiblari oʼz minnatdorchiliklarini bildirishar ekan, bunday hurmat va eʼtibor ularni millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni yanada mustahkamlash borasida faol boʼlishga daʼvat etishini alohida taʼkidladilar.

Bagʼrikenglik haftaligi dasturlari davom etmoqda.

 

                                                                                                                                  O. DUShАEV,

                                                                                                                                  maxsus muxbir

0 Comment

Leave a Comment