Bagʼrikenglik haftaligi dasturlaridan oʼrin olgan navbatdagi tadbir "WYNDHAM" mehmonxonasida boʼlib oʼtdi. Tadbirda oʼnlab hamyurtlarimiz Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taʼsis etilgan "Diniy bagʼrikenglik" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Maʼlumki, ushbu mukofot bagʼrikenglik va dinlararo totuvlikni targʼib etishdagi alohida xizmatlari uchun faollarga berib kelinmoqda.
Taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari qoʼmitasi raisi Sodiq Toshboev taqdirlanganlarni samimiy
qutlar ekan, bagʼrikenglik va hamjihatlikni targʼib qilishdagi faol faoliyati
uchun hamyurtlarimizga oʼz minnatdorchiligini bildirdi va koʼkrak nishonlarini
taqdirlanganlarga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbirda soʼz olgan mukofot sohiblari oʼz minnatdorchiliklarini
bildirishar ekan, bunday hurmat va eʼtibor ularni millatlararo totuvlik va
diniy bagʼrikenglikni yanada mustahkamlash borasida faol boʼlishga daʼvat
etishini alohida taʼkidladilar.
Bagʼrikenglik
haftaligi dasturlari davom etmoqda.
O. DUShАEV,
maxsus muxbir
0 Comment