Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Turli millatlar — yagona fuqaroviy özlik

By Muxtasar_Qodirova - 19 ноября 2026 г. 16:26 1,236 Просмотры 0 Комментарий

#Bağrikenglik_haftaligi



Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasida Xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan ötkazilayotgan Bağrikenglik haftaligi doirasida “Turli millatlar — yagona fuqaroviy özlik” mavzusida yoşlar konferensiyasi bölib ötdi.




Mazkur konferensiya yoşlar orasida millatlararo totuvlik, döstlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş, ularda milliy özlikni anglaş bilan bir qatorda, yagona Vatanga daxldorlik tuyğusini yuksaltiriş, umummilliy qadriyatlar atrofida birlaşiş hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etildi.




Konferensiyada Millatlararo munosabatlar qömitasi, Din işlari böyiça qömita, Yoşlar işlari agentligi, milliy madaniy markazlar vakillari hamda turli millat va elat yoşlari iştirok etdi. Tadbir dasturi doirasida mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va bağrikenglik muhiti, turli millat vakillarining Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölidagi hamjihatligini aks ettiruvçi “Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz” mavzusidagi videorolik namoyiş etildi.




Konferensiyada har bir millatning ona tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylaş, milliy-madaniy xilma-xillikni jamiyatimizning bebaho boyligi sifatida qadrlash, şuningdek, yoş avlod ongida yagona fuqaroviy özlikni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий