Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 7 ноября 2026 г. 21:28 1,247 Просмотры 0 Комментарий



Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy institutida “O‘zbekiston – Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda Qo‘mita rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, olimlar, tadqiqotchilar, do‘stlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakatning tarixiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat hamda iqtisodiyot sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishga qaratildi.




Ma'lumki, O‘zbekiston va Xitoy xalqlarini qadimdan Buyuk ipak yo‘li orqali shakllangan savdo-iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalar bog‘lab keladi. Ushbu tarixiy rishtalar bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining mustahkam asoslaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔹 Konferensiya doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy merosni asrab-avaylash, bu boradagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish hamda iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, madaniyatlararo muloqot va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlandi.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий