Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Barchamiz bir oilada ahil va hamjihat yashaymiz!

By Muxtasar_Qodirova - 27 октября 2026 г. 17:15 1,107 Просмотры 0 Комментарий

Alimqul To‘yliboyev: “Bir kelinim qozoq, yana bir kelinim tojik millatiga mansub. Ammo barchamiz bir oilada ahil va hamjihat yashaymiz”.

“Bizning oilamizda turli millat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq hayot kechiradi. Bir kelinim qozoq, yana bir kelinim tojik millatiga mansub. Ammo biz uchun millatning farqi yo‘q. Eng muhimi — insoniylik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va oilaviy qadriyatlarga sadoqatdir. Har birimizning o‘z urf-odatlarimiz, milliy an’analarimiz bor. Biz ularni hurmat qilamiz, bir-birimizdan o‘rganamiz. Oilamizda turli millatlarning qadriyatlari uyg‘unlashib, o‘ziga xos do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti shakllangan.

Farzandlarimiz va nabiralarimiz ham ana shunday ahillik, mehr-muhabbat va o‘zaro hurmat ruhida ulg‘aymoqda. Biz bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, quvonchli kunlarimizni birgalikda nishonlaymiz, qiyinchiliklarda esa bir-birimizga suyanch bo‘lamiz. Bizning oilamiz — O‘zbekistondagi millatlararo do‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglikning kichik bir namunasi. Zero, millatimiz turlicha bo‘lsa-da, Vatanimiz bitta, maqsadimiz bitta, qalbimizdagi mehr va ezgu niyatlarimiz mushtarakdir”.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий