Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Men tanigan O‘zbekiston - Yangi O‘zbekiston xorijlik olim nigohida!

By Muxtasar_Qodirova - 7 августа 2026 г. 16:50 1,151 Просмотры 0 Комментарий




Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning «Men tanigan O‘zbekiston» kitobi nashr etildi.






Ushbu asar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Ma’rifat elchilari» loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida tayyorlandi.






Bu kitob — shunchaki sayohat taassurotlari emas. Unda muallifning O‘zbekiston bo‘ylab qilgan safarlari, ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv tadqiqotlari va yurtimiz odamlari bilan muloqotlari asosida shakllangan xolis kuzatuvlari jamlangan.






Asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, madaniy meros, xalqimizning qadriyatlari va yurtimizning xalqaro maydondagi o‘rni xorijlik olim nigohida tahlil qilinadi.






Kitob taqdimotida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, akademiklar, ziyolilar, yozuvchi va tarjimonlar, diplomatik korpus, OAV vakillari, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий