Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Umummilliy birdamlik – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim tayanchi

By Muxtasar_Qodirova - 3 августа 2026 г. 10:58 1,158 Просмотры 0 Комментарий

#xalqaro_konferensiya
#do'stlik_festivali





30-iyul kuni Islom sivilizatsiyasi markazida “Doʻstlik” festivali doirasida “Umummilliy birdamlik – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.






💠 Unda diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, ilmiy doiralar, milliy madaniy markazlar va xorijdagi vatandoshlar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.






🔺 Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini yuksaltirish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, konfessiyalararo bag‘rikenglikmuhitini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

🔺 Mamlakatimizda
turli millat va elatlar hamda din vakillarining o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik asosida emin-erkin istiqomat qilayotgani – ana shu ezgu islohotlarning ijobiy samarasidir, deya ta'kidlandi.







🔻 Konferensiyada millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalq diplomatiyasini rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar ilgʻor tajribalar, amaliy tashabbuslar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.


🔹 Muloqot va tajriba almashish maydoniga aylangan anjuman yakunida millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda umummilliy birdamlikni rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий