Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Samarqandda “Birodar shaharlar xalqaro forumi” bo‘lib o‘tadi

By Muxtasar_Qodirova - 15 июля 2026 г. 16:08 1,217 Просмотры 0 Комментарий




Joriy yilning 24–25-iyul kunlari qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Birodar shaharlar xalqaro forumi” bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish, shaharlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘ladi.

Forum doirasida:

⏺O‘zbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

⏺Sohalar kesimida panel sessiyalar va davra suhbatlari;

⏺Birodar shaharlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari va bitimlarini imzolash marosimlari;

⏺Xalq diplomatiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimotlar;

⏺Xorijiy delegatsiyalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar;

⏺Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari bo‘ylab tanishuv sayohatlari;

⏺O‘zbekiston hududlarining investitsiyaviy, turistik va madaniy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazmalar o'tkaziladi.



“Birodar shaharlar xalqaro forumi”da kutib qolamiz!

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий