
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Rossiyaning Yekaterinburg, Tyumen va Tobolsk shaharlarida bo‘ldi.

O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxona ko‘magida Sverdlovsk va Tyumen viloyatlari rahbariyati, sohaviy mintaqaviy idoralar, inson huquqlari bo‘yicha vakillar institutlari, yirik ish beruvchilar hamda vatandoshlar bilan muzokaralar tashkil etildi.

0 Комментарий