Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi

By Muxtasar_Qodirova - 22 мая 2026 г. 22:42 1,160 Просмотры 0 Комментарий



Xitoyning qadimiy va go‘zal Sian shahrida “Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston tomonidan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.





Forum ikki davlat hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Tadbir davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda turizm, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.





🤩 Forumda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev nutq so‘zlab, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yuksak ishonch va mustahkam do‘stlik tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Hududlararo hamkorlik xalqlarni yanada yaqinlashtirish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.






Forum davomida:

Buyuk ipak yo‘lining tarixiy shaharlari bo‘ylab qo‘shma turistik yo‘nalishlarni yanada faol ilgari surish;

muzeylar, teatrlar, ijodiy jamoalar, milliy madaniy markazlar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvlarni rivojlantirish;

yoshlarni madaniy va turistik almashinuv dasturlariga keng jalb etish;

hududlarning turistik salohiyatini media, raqamli platformalar, ko‘rgazmalar, festivallar va taqdimotlar orqali birgalikda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratish kabi bir qator takliflar ilgari surildi.





🍔 Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev va Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik assotsiatsiyasi raisi Yan Wanmin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar sohada o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, millatlararo totuvlikni ta’minlash va ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.




✍️ Forum yakunida Birodar shaharlar alyansi va Shensi provinsiyasi Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari xalq assotsiatsiyasi o‘rtasida do‘stona hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий