Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 6 мая 2026 г. 15:20 1,081 Просмотры 0 Комментарий



Toshkent shahrida “Birodar shaharlar – 2026” birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislar, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari (onlayn va oflayn formatda), shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 






💬 Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi  raisi Yang Wanming ham ishtirok etib, bugungi kunda shaharlar o‘rtasidagi do'stlik munosabatlari savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim va samarali yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Anjumandagi ishtirokdan so'ng, Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi  raisi Yang Wanming Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo'ldi. 






🗂  Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi  raisi Yang Wanming:


Markazda jamlangan materiallar hajmi va ularning tizimli taqdim etilishi uni xalqaro darajadagi muhim ilmiy manba sifatida baholash imkonini beradi. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgani ekspozitsiyalarni yanada ta’sirchan qiladi va ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tushunarli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Ushbu maskanni xalqaro ilmiy platforma sifatida baholash mumkin. Chunki bu yerda tamaddun taraqqiyotiga oid juda ko‘p va qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Bu kabi yondashuv bugungi va kelajak avlod uchun ham katta ahamiyatga ega. 


Shuningdek, Markazning Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilganligi munosib e’tirof deb o‘ylayman. Chunki Markazda tarixning mazmuni va taqdim etilish uslubi, ayniqsa zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi uni boshqa muzeylardan ajratib turadi. Bu yerda yaratilgan imkoniyatlar insonga nafaqat ma’lumot beradi, balki uni chuqurroq anglashga yordam beradi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий