Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qatag‘on qurbonlari hayoti va ilmiy merosi targ‘iboti oyligi doirasida

By Muxtasar_Qodirova - 23 апреля 2026 г. 22:24 1,296 Просмотры 0 Комментарий



Mamlakatimizda tarixiy xotirani asrash, ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom etmoqda.






Shu munosabat bilan Qoʻmitada qatag‘on qurbonlari hayoti va ilmiy merosi targ‘iboti oyligi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda Qoʻmita xodimlari, mutaxassislar, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.






Tadbir davomida millat ravnaqi, ilm-fan va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk ajdodlarimizning hayoti, faoliyati hamda boy ilmiy merosi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Yoshlardan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. "Jadidlar" videoroligi tadbir ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi. 






Tadbir yakunida qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash, ularning ilmiy va ijodiy merosini yosh avlodga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий