Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

By Muxtasar_Qodirova - 27 марта 2026 г. 19:51 1,141 Просмотры 0 Комментарий

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘zbekistonlik va tojikistonlik san’at-madaniyat sohasi vakillarini taqdirlash bo‘yicha tegishli qarorlarni imzoladi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyati “Nuri niyogon” shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.



Shuningdek, Tojikiston prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekistondagi tojik milliy madaniy markazi rahbari Gulandom Subxonova “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.


Foto: Madaniyat vazirligi


Davlat mukofotlarini 27-mart kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Tojikiston madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon topshirishdi.


Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda Tojikistonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlangandi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий