Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 17 марта 2026 г. 14:34 1,115 Просмотры 0 Комментарий

                    

Bugun  poytaxtimizdagi  fotosuratlar uyida "Toshkent – Sietl yarim asrlik birodar shaharlar" mavzusida fotoko‘rgazma tashkil qilindi.  Birodar shaharlar alyansi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda “O‘zarxiv” agentligi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaning asosiy maqsadi Toshkent hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Sietl shaharlari o‘rtasida  shakllangan do‘stlik va hamkorlik aloqalarining tarixi hamda uning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.







Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, mamlakatlar va shaharlar o‘rtasidagi  birodarlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish  bugungi tahlikali va globallashuv davrida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Arxiv fotosuratlari  ikki shahar o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar va do‘stona  rishtalarning mustahkamlanishida alohida o‘rin egallaydi.  










Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston” jurnali xodimlari bilan ijodiy uchrashuv ham o‘tkazildi. Unda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, yurtboshimiz rahbarligida millatlararo totuvlik hamda do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ushbu jarayonda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar va elatlar vakillarining faol ishtiroki xususida so‘z yuritilib, bu boradagi yutuq va muvaffaqiyatlarni keng yoritishda “O‘zbekiston” jurnali muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir mehmonlari, xususan, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari  jurnalning chop etilish jarayonlari, uning mazmun-mundarijasi, tahririyatning kelgusidagi  rejalari bilan tanishtirildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jurnalistlardan batafsil javob oldilar.

 



Muallif S. Mamanov

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий