Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Davra suhbati

By Muxtasar_Qodirova - 22 января 2026 г. 21:26 1,132 Просмотры 0 Комментарий



Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Qo'mita rahbariyati, elchilar, diplomatik korpus vakillari ishtirokida millatlararo totuvlik hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirish borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va joriy yilda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda ayni yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan davra suhbati o'tkazildi. 




Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev so‘zga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan yangicha yondashuvlar va bu yo'nalishda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi. Shuningdek,  xorijdagi vatandoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning bilim va tajribasini iqtisodiyot, ilm-fan hamda ijtimoiy sohalarga jalb etish muhim ekanligini ta’kidladi.  


Davra suhbati davomida xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qolaversa, birodarlashgan hududlar hamda do‘stlik jamiyatlari sonini yanada ko‘paytirish, ularning faoliyatini takomillashtirish va salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xorijiy davlatlar bilan do‘stlik, o‘zaro ishonch va hamkorlikka asoslangan aloqalarni yanada mustahkamlash, mavjud munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda ularni izchil rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflar ko'rib chiqildi. 

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий