Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

By Muxtasar_Qodirova - 9 декабря 2025 г. 17:45 1,075 Просмотры 0 Комментарий



Bugun “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo’mitasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri  o‘tkazildi. Unda Qo‘mita xodimlari, jurnalistlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. 




Tadbir doirasida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Dastlab, "Korrupsiyaga qarshi kurash har bir fuqaroning mas'uliyati" shiori ostidagi videorolik tomosha qilindi. Shundan so'ng,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan kerakli ma`lumotlar berildi. Shuningdek korrupsiyaga zamin yaratuvchi omillar hamda  mazkur illatning jamiyat tarraqqiyotiga qanchalik putur yetkazishi haqida yig'ilish ishtirokchilariga ma'lumot berildi.  




Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum. Korrupsiyaning har qanday ko`rinishi  davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, taraqqiyoti uchun xavflidir. Unga qarshi yoshu qari ma’rifat bilan kurashsagina bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz. Davra suhbati davomida xodimlar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий