2025-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali ijodiy xodimlarining jurnalxonlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Samimiy
suhbat chog‘ida “O‘zbekiston” jurnali o‘z faoliyatini 2018-yildan boshlaganligi,
bir yilda 4 marta, ya’ni har chorakda o‘zbek,
rus va ingliz tillarida chop etilishi, ayni kunlarda uning bu yilgi 4-soni nashrga
tayyorlanayotganligi aytib o‘tildi. Jurnal O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi
vakolatxonalari orqali dunyoning 55 ta davlatiga tarqatiladi.

Ma’lumki,
2025-yilning iyul oyida mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni doirasida “Do‘stlik
haftaligi” o‘tkazildi. Bayram tadbirlari yurtimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlik,
o‘zaro bag‘rikenglik munosabatlarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini
namoyish etdi. Bayram doirasida O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi respublikamizdagi faol markazlardan biri deb topilgani
va 3-darajali diplom bilan taqdirlangani quvonchli voqea bo‘ldi.

Muallif:
O.Dushayev
0 Комментарий