Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Fuqarolik va umummilliy qadriyatlar

By Muxtasar_Qodirova - 20 ноября 2025 г. 22:11 1,419 Просмотры 0 Комментарий



Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PQ–115-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olimlar va soha ekspertlari ishtirokida “Fuqarolik va umummilliy qadriyatlar” munozara klubini tashkil etish hamda millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi masalalar yuzasidan o‘zaro muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. 




Mazkur davra suhbatida 30 ga yaqin tashkilot va OTMlaridan 40 dan ortiq tarixchi, sharqshunos, jurnalist, sotsiolog, siyosatshunos, faylasuf, antropolog, etnolog, filolog va boshqalardan iborat ekspertlar guruhi jamlandi. Tadbirda sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va vazifalarni to‘laqonli amalga oshirilishini ko‘rib chiqish maqsadida fikrlar almashildi. 




Tadbirda Qo‘mita raisi K. Sariyev umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan tizimli asosda muloqot o‘rnatish va aloqalarni rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib, sohani rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishda ilmiy yondashuv, sohaga oid olim va ekspertlar bilan o‘zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. 




Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan tashabbuslar, taklif va mulohazalar mamlakatimizda do‘stlik, millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий