Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Yoshlar do‘stlik va bag‘rikenglik bayramida birlashdi

By Muxtasar_Qodirova - 8 ноября 2025 г. 20:55 1,444 Просмотры 0 Комментарий

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitada Brodar shaharlar alyansi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Brodar shaharlar yoshlarining bag‘rikenglik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festivalning asosiy maqsadi yoshlar orasida do‘stlik, tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.



Mazkur tadbir nafaqat madaniy hamkorlik maydoni, balki xalqlar do‘stligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlovchi muhim platforma bo‘ldi.



Festivalda turli millat va elat vakillari hamda xorijlik talabalar o‘z madaniyatlari, milliy liboslari, san’at namunalari va urf-odatlarini namoyish etdi. Milliy madaniy markazlar pavilonlari, videoroliklar, badiiy chiqishlar va ijodiy dasturlar orqali bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat ruhi yanada yorqin namoyon bo‘ldi.



Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda hukm surib kelayotgan millatlararo totuvlik va do‘stlik muhitini yuksak baholab, bunday tashabbuslar yoshlar ongida tinchlikparvarlik, do‘stlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.



Bunday festivallar yoshlar qalbida insoniylik, mehr va birdamlik tuyg‘ularini kuchaytiruvchi, shu bilan birga, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalariga hissa qo‘shuvchi muhim qadam hisoblanadi.  

Nigora Rahmonova,

O‘zA

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий