Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston–Qatar do‘stlik jamiyati tashkil etildi

By Muxtasar_Qodirova - 29 октября 2025 г. 16:13 1,730 Просмотры 0 Комментарий

Bugun Toshkent shahrida ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi madaniy va insonparvar hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston–Qatar” Do‘stlik jamiyatining birinchi ta’sis majlisi bo‘lib o‘tdi.




Jamiyatga jahon miqyosida tan olingan sport arbobi, xalqaro hakam Ravshan Irmatov rais etib tayinlandi.

Mazkur jamiyat ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat, sport, turizm va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.




 Hozirda O‘zbekistonda 43 ta do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Ular orqali xalq diplomatiyasi rivojlanib, xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar mustahkamlanmoqda.

2024 yilda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 7,7 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shu yili ikki mamlakatda madaniyat va hunarmandchilik haftaliklari, dizayn biennale va Qatar madaniyati haftaligi kabi yirik tadbirlar o‘tkazildi.



Yangi tashkil etilgan jamiyat xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий