Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 11 октября 2025 г. 13:25 1,550 Просмотры 0 Комментарий

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O'zbekiston Respublika Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Ozarbayjon adabiy aloqalar va hamkorlik istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 




Konferensiyaning maqsadi O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari uzoq tarixiy, madaniy va til jihatidan mushtarak ildizlarini hamda hozirgi kundagi adabiyot, san’at, tarjima, matbuot va madaniy almashinuvni chuqur tahlil qilish, yangi ilmiy tadqiqot natijalarini muhokama qilish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat.




Anjuman davomida O‘zbekiston-Ozarbayjon adabiy va madaniy aloqalari tarixi, davlatlararo hamkorlikning tarixi va bugungi kuni, O‘zbek va Ozarbayjon tillarida tarjimashunoslik muammolari va yechimlari,  turkiy til hamda madaniyatlar mushtarakligiga oid ilmiy nutqlar tinglandi.




Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bekzod Shukurov,  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyatining raisi Erkin Nuriddinov hamda Ozarbayjondan yetakchi olimlar va nufuzli ilmiy markazlar vakillari ishtirok etdilar.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий