Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qo‘shiq kuylang va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!

By Muxtasar_Qodirova - 9 октября 2025 г. 10:25 1,629 Просмотры 0 Комментарий

Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida turli millat va elatlar vakillari bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tilida ijro etilgan eng yaxshi qo‘shiq” tanlovini e’lon qiladi.


🔽Tanlovni o‘tkazish tartibi: 


✅turli millat va elat vakillari bo‘lgan ishtirokchilarning Vatanga muhabbat, sadoqat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi va boshqa mavzulardagi qo‘shiq ijrosi namunalari (video, audio shaklda) tanlov tashkilotchisiga (Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga) yuboriladi;


✅yuborilgan namunalar dastlabki tarzda saralanib, Qo‘mitaning telegramdagi rasmiy sahifasida onlayn ovozga qo‘yiladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar ovozlar soniga qarab 1-o‘rin, 2-o‘rin, 3-o‘rinni egallaydi.


G‘oliblar joriy yil 20-oktabr kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirida qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan tantali ravishda taqdirlanadi! 


👉 Tanlovda ishtirok etish uchun namunalarni 13-oktabrga qadar [email protected] yoki +998977227677, +998915691699 telegram raqamlari orqali taqdim etishingiz mumkin.


📝 Eslatma: Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ish bilan birga ishtirokchi haqida to‘liq ma’lumot — F.I.Sh., telefon raqami hamda qaysi millat vakili ekanligi ko‘rsatilishi shart.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий