Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Turkiya

By Muxtasar_Qodirova - 20 сентября 2025 г. 23:42 996 Просмотры 0 Комментарий

🥴Turkiya hamkorlik va rivojlanish agentligi (TİKA) ko‘magida joriy yilning 18–19-sentabr kunlari Anqarada joylashgan TED universitetida “Ko‘p qutbli dunyoda mintaqaviy dinamikalarni o‘rganish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa davlatlardan yetakchi olimlar, ekspertlar hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida jahon siyosatidagi ko‘p qutblilik jarayonlari, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot, shuningdek, davlatlararo hamkorlikning yangi mexanizmlari keng muhokama qilindi.
 Asosiy mavzular quyidagilarni qamrab oldi:


Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy o‘zgarishlar;

Energetika xavfsizligi va iqtisodiy integratsiya masalalari;

Xalqaro diplomatiyada ko‘p tomonlama aloqalarning roli;

Millatlararo munosabatlarda ilmiy va madaniy hamkorlik istiqbollari.



Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimlari (S. Davlatova, B. Baltayev)  ham foal ishtirok etdi.

📷Instagram |🌐YouTube| 📱Facebook | 🌐 Veb-sayt

0 Комментарий

Оставить комментарий