Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Vatandoshlar mintaqaviy forumi

By Muxtasar_Qodirova - 27 августа 2025 г. 18:08 346 Просмотры 0 Комментарий

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shtati Sirakuz shahrida “Vatandoshlar mintaqaviy forumi” boʻlib oʻtdi. Unda AQSH va Kanadada istiqomat qiladigan 300 ga yaqin vatandoshlar ishtirok etdi.




Forum Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan tashkil etildi. Unda vatandoshlarni birlashtirish, hamkorlik yoʻllarini ochish va mamlakat taraqqiyotida ularning oʻrnini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Sirakuz universiteti bilan talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va professorlar maʼruzalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий